Jonli efirda

Dolzarb video

Barcha video

Siz so'ragandingiz

Terrorchilar taktikani o'zgartirdi (mi?)

Картинки по запросу терроризм и его последствияMa’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. Terrorizmga qarshi kurashda esa, izchil va qat’iy pozitsiyada harakat olib bormoqda.

Afsuski homon terrorizm tahdidi xalqaro darajadagi muommoga aylanib qolmoqda. Agar davlatlar birlashib unga qarshi tursa va bu bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirsa albatta ijobiy natijalar qo‘lga kiritiladi. Bu boradagi ba’zi davlatlarning sa’y harakatlarini ham e’tirof etish o‘rinlidir.

Rossiya

Boshidan har qanday xalqaro platformalarda terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha muntazam ishlarning muhimligini doimiy ravishda qo'llab-quvvatladi. EXHTdagi Rossiya tashabbusi bo'yicha transmilliy tahdidlarga qarshi kurash boshqarmasi tashkil etildi va hozirda juda professional ish olib borilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotida Tinchlik Tashkiloti tuzilishida bevosita ishtirok etmoqda. Rossiya hukumati terrorizmga qarshi kurashish maqsadida 2018 -yilda 2 million dollar sarfladi, 2019 -yildan boshlab har yili 500 ming AQSh dollari miqdorida ixtiyoriy ravishda o'z hissasini qo’shishni rejalashtirmoqda.

Bugun

Terrorchilar chegara nazorati tizimlarini buzib emas balki, o'zlarining mafkurasini tarqatish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanmoqda. Terrorchilar bir nechta mamlakat iqtisodiyotining huquqiy sohalariga pul sarflashga urinmoqdalar. Ishid jangarilarining giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug’ullanib kelganligi ham sir emas. Afg‘aniston ular uchun narkotik vatani ekanligi ham kundek ravshan.

Aslida ularning maqsadi islom dinini yoyish emas, shu niqob ostida boyishdir. Butun dunyoni giyohvand modda bilan “ta’minlash”dir. Bir qarashda ular o‘z taktikasini o‘zgartirgandek, ammo soxta ma’ruzalar, xalifalik davlati qurish kabi ahmoqonalik ortida giyohvand moddalar savdosini yuritib milliardlarga ega bo‘lish deydi, Rossiyalik eksport Lukashevich.

Kamola HATAMOVA


Back to the list