- Bosh (sahifa)
- Xabardor boling
- Yangiliklar
- Rossiya TIV: Afg‘onistonda notanish vertolyotlar jangarilarga qurollar yetkazmoqda
Rossiya TIV: Afg‘onistonda notanish vertolyotlar jangarilarga qurollar yetkazmoqda
Rossiya Afg‘onistonda IShID jangarilari va toliblarga qurollar yetkazayotgan notanish vertolyotlar parvozini qayd etdi. Bu haqda bugun, 23-avgust kuni Rossiya TIV o‘z bayonotida ma’lum qildi, deb yozadi EADaily.
“Afg‘oniston shimolida IShID va toliblarning mahalliy jangarilariga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazayotgan ‘notanish’ vertolyotlarga yana e’tibor qaratmoqdamiz. Jumladan, afg‘on OAVlari va mahalliy aholining ta’kidlashicha, bunday parvozlar Sari-Pul viloyatida qayd etilgan”, — deyiladi bayonotda.
Unda bu Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi yaqinida yuz berayotganligi, IShIDning Afg‘onistondagi jangarilarining aksariyati esa ushbu mamlakatlar fuqarolari ekanligi ta’kidlanadi.
Манба: daryo.uz